Ozodbek Nazarbekov: 2019 yilda konsert dasturlari jonli ijroda o‘tadi

Ozodbek Nazarbekov: 2019 yilda konsert dasturlari jonli ijroda o‘tadi

Konstitusiyaning 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan konsert jonli ijroda namoyish etilgani mutaxassislar va muxlislar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Bu haqda O‘zAga Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

Milliy estrada ijrochiligining jonli ijrodagi targ‘ibotini kuchaytirish, uning afzalliklari, ayniqsa, milliy ijrochilikda tutgan o‘rnini mustahkamlash maqsadida Milliy teleradiokompaniya va nodavlat telekanallari orqali Oltin mikrofon , Imkon shou , Cover up, Jonli ijrodagi duel kabi turkum ko‘rsatuvlar namoyish etilmoqda va ularni keyingi yillarda ham davom ettirish ko‘zda tutilgan.

Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, joriy yilda iste’dodli xonandalarni aniqlash va ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, davlat tadbirlari konsert dasturlarini jonli ijroda tashkil etish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!