Ozarbayjon arman harbiylarining jasadini topshirdi

Ozarbayjon arman harbiylarining jasadini topshirdi

Kecha Baku 12-14 sentyabr kunlari Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘lgan yana 6 nafar arman harbiylarining jasadlarini Armanistonga topshirdi, deb xabar berdi Ozarbayjon harbiy asirlar, garovga olingan va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha davlat komissiyasi.

“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, jangovar harakatlardan so‘ng nazoratimiz ostida bo‘lgan hududlardan topilgan yana 6 nafar arman harbiy xizmatchisi Ozarbayjon harbiy prokuraturasining tegishli xodimlari bilan birgalikda ko‘zdan kechirilgan va ularda zo‘ravonlik izlari topilmagan. 23 sentyabr kuni bu organlar Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vositachiligida qarama-qarshi tomonga topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Jasadlarni qarama-qarshi tomonga topshirish uchun gumanitar jarayon davom etadi.

Avval xabar qilinganidek, 20 sentyabr kuni arman harbiylarining 95 nafar jasadi, 17 sentyabr kuni esa yana 32 nafar jasadi topshirilgan edi.

Shu tariqa Ozarbayjon 133 nafar halok bo‘lgan arman askarlarining jasadini Armanistonga topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!