Oybek Tursunov «Kapitalbank» affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi

Oybek Tursunov «Kapitalbank» affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi

Yagona korporativ ma’lumotlar portali xabariga ko‘ra, Oybek Tursunov «Kapitalbank» affillangan (affillangan — kapitalda shaxsan ishtirok etish yoki boshqaruv organlariga a’zolik orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga aniq ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan tashkilot yoki jismoniy shaxs) shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda spot.uz xabar berdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida u 112,49 million dona aksiyalarni sotib olib, bankning 50 foiz aksiyalariga ega bo‘lgandi. Birjadan tashqari savdo 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va 1 noyabr kuni Tursunov bankning affillangan shaxslari ro‘yxatiga kirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!