OTMlarga qabul kvotalari loyihasi muhokamaga qo‘yildi

OTMlarga qabul kvotalari loyihasi muhokamaga qo‘yildi

▪️ Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga qadar oliy ta’lim bilan qamrov darajasini
50 foizga yetkazish;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

🔷oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’limning masofaviy shakli joriy etish;

🔷moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilash;

🔷davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish kabi masalalar bayon etilgan.

Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yili uchun:

▪️ bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

➖ kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
➖ sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
➖ kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
➖ masofaviy ta’lim shakliga— 3 610 nafar.

▫️ magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

▫️ xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratiladi.

▪️ Belgilanishicha, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan OTMlarning Kuzatuv kengashlari bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini tasdiqlaydi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari soni mos yo‘nalishga belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlaridan kamida ikki barobar ko‘p bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!