Oston O‘runov avval surat joyladi, keyin nega uni o‘chirib yubordi?

Oston O‘runov avval surat joyladi, keyin nega uni o‘chirib yubordi?

Moskvaning «Spartak» jamoasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan surat haqida fikr bildirdi.

Futbolchi «Spartak»ka o‘tganidan hech qancha vaqt o‘tmay Instagram sahifasida qimmatbaho kiyimlar sotib olgani tasvirlangan suratni e’lon qilgan. Keyinroq uni o‘chirib yuborgandi.

- Suratni o‘zim uchun joylagandim va u bu qadar ajiotaj tug‘dirishini bilmagandim. Keyinroq yoshi katta jamoadoshlarim qo‘ng‘iroq qildi va suratni o‘chirishimni maslahat berdi.

Gazizov bilan bu mavzuda alohida gaplashmadim. Voqeadan keyin mashg‘ulot paytida uchrashdik va u shunday dedi: «Ajoyib surat». Hazil aralash, albatta. Keyin esa bunday suratlar joylamagan yaxshiroq ekanini tushuntirdi, deydi Ostun O‘runov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!