Osiyoning eng yirik tulpori: bir million dollarga baholangan poygachi ot o‘lib qoldi

Osiyoning eng yirik tulpori: bir million dollarga baholangan poygachi ot o‘lib qoldi

Qirg‘izistondagi eng yirik Baron laqabli tulpor Bishkek yaqinida, uloq tortish bo‘yicha milliy musobaqalardan so‘ng o‘lib qoldi. Baron uchun ot egasiga bir necha marotaba million dollar taklif etishgan.

Baron egasi Olmos Qo‘ldoshev uni ko‘p marta o‘yinlarga olib chiqqan, ammo ot mana shu tarzda kutilmaganda o‘lib qolishini hech ham xayoliga keltirmagan, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Men Baronni uloq tortish musobaqasiga olib chiqdim, o‘yindan keyin biz u bilan xalq orasidan o‘tib ketayotgan edik. Kutilmaganda u yiqildi va joni uzildi... Odamlar nimagadir mo‘llani chaqirishdi. Hamma afsus chekardi, ayrimlar hatto ko‘z yosh to‘kdi , deb hikoya qiladi Qo‘ldoshev.

Otning sobiq egasi tulpor uchun fojia ro‘y bermasidan ikki kun oldin tulpor uchun million dollar taklif qilishganini aytgan. Shundan so‘ng ot o‘lgan.

Bu Osiyodagi eng qimmatbaho ot edi. O‘limi sababi nimadaligini bilmayman , deb qo‘shimcha qilgan erkak.

Baronning nasl-nasab shajarasida Angliya poygachi otlari va oddiy og‘ir vaznli otlar ham bor. Hayotligi vaqtida uning vazni 920 kilogramm bo‘lgan. Ammo vazniga qaramay, Baron uloq tortish o‘yinlarida asosiy yetakchilardan biri bo‘lgan.

Egasining so‘zlariga ko‘ra, Baron nasl qoldirishga ulgurgan. Toylardan birini u 10 ming dollarga pullagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!