Osiyo Chempionlar ligasi yurtimizda translyasiya qilinadi!

Bugundan Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosiqichining 1-tur o‘yinlari start oladi.
18 sentyabr kuni birato‘la 3 nafar o‘zbek klubi musobaqadagi o‘z yurishini boshlaydi. Toshkent vaqti bilan 21:00 da "Al-Faysaliy" – "Nasaf" va "Al-Ittihod" – OKMK bahslari start olsa, 23:00 da "Al-Hilol" "Navbahor"ni mehmon qiladi.
Sport telekanalining telegram-kanali 21:00 da start oladigan 2 bahsdan birini tanlash haqida so‘rovnoma joyladi. Katta ehtimol bilan MTRK translyasiya huquqini xarid qilgan. Bu borada rasmiy e’lon hozircha berilmadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)