«Yurak Amri» xayriya jamoat fondi o‘z faoliyatini qayta boshladi
2021-yilda rasman xayriya jamoat fondi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan «Yurak Amri» o‘z faoliyatini yangi bosqichda boshladi. O‘rtadagi qisqa tanaffusdan so‘ng, fond yana faol ish boshladi va ezgulik yo‘lida yanada katta maqsadlar bilan harakatni boshladi.
Faoliyatining asosiy maqsadi: xayriya yordamini ko‘rsatish, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, uysiz hamda tabiiy ofatlar va yong‘inlardan so‘ng uysiz qolgan oilalar va insonlar uchun ko‘p qavatli uylar qurish, oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlarini ta’minlashni tashkil etishdan iborat.
Fondning barcha ishlari ezgulik va insonparvarlik tamoyillari asosida olib boriladi. Bu tashabbus Sardor Rahimxon boshchiligida amalga oshirilmoqda va jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va yordam madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugun «Yurak Amri» nafaqat yordam beruvchi fond, balki insonlarni birlashtiruvchi, ezgulik sari chorlovchi harakatga aylanmoqda. Har bir insonning kichik yordami ham katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar siz ham ezgulik yo‘lida hissa qo‘shishni istasangiz, «Yurak Amri» bilan birga bo‘ling. Chunki birgalikda qilingan har bir yaxshi amal kimningdir hayotini o‘zgartirishi mumkin.
