Oqdaryoda YTH: 2 nafar fuqaro vafot etdi, yana biri shifoxonada

Oqdaryoda YTH: 2 nafar fuqaro vafot etdi, yana biri shifoxonada

Samarqand viloyati. 2020 yilning 13 sentyabr kuni soat 01:30 da Oqdaryo tumani A.Temur MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 37 km.da Buxoro-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Oqdaryo tumanida yashovchi 31 yoshli B.A., ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan uning old tomonida harakatlanib ketayotgan Narpay tumanida yashovchi 54 yoshli O‘.SH.,ning boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan borib urilib yo‘l-transport xodisasi sodir qilgan.

Natijada “Lacetti” rusumli avtomashina yo‘lovchilari 55 yoshli B.J., va 49 yoshli A.A.,lar turli darajada tan jaroxati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi B. A., ham olgan tan jarohati bilan tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi bo‘yicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!