Oq uy Nensi Pelosini Tayvanga tashrif buyurishdan qaytarishga bor kuchi bilan harakat qildi

Oq uy Nensi Pelosini Tayvanga tashrif buyurishdan qaytarishga bor kuchi bilan harakat qildi

Bu ish bermagach, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Pekin bilan favqulodda aloqa kanalini ochdi, deb yozadi Bloomberg.

Nashrga ko‘ra, Davlat departamenti oldiga AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikerining orolga tashrifi oqibatlarini har qanday holatda ham minimallashtirish vazifasi quyilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Vakillar palatasi spikeri 2-3 avgust kunlari Tayvanda bo‘ldi. Bunga nisbatan rasmiy Pekin keskin norozilik bildirib, orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!