Ona va bola sog‘ligini mustahkamlashda ilg‘or xorijiy tajribalar qo‘llaniladi
30 oktyabrdan 11 noyabrga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (“RIOvaBSIATM” DK) tizimi muassasalari va uning hududiy filiallarining 12 nafar mutaxassisi Sankt-Peterburgda ta’lim olib qaytdi.
O‘zbekiston tibbiyot xodimlari V.A.Almazov nomidagi Rossiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi bazasida 72 soatga mo‘ljallangan “Klinik akusherlik” simulyasion kursini o‘tadilar.
O‘zbek mutaxassislarining eng yaxshi xorijiy tibbiyot tashkilotlarida malakalarini oshirishi eng yaxshi xorijiy tajribani, innovasion uslublarni samarali o‘zlashtirish, keyinchalik esa O‘zbekistonning barcha hududlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi. Bu safar delegasiya “RIOvaBSIATM” DK va ularning hududiy filiallari mutaxassislaridan iborat Toshkent, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Andijon, Nukus vakillaridan tarkib topdi.
Peterburgning V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi —MTTM bilan hamkorlik 2023 yil 22 sentyabrda ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik haqidagi memorandumning imzolanganidan keyin yangidan rivojlana boshladi.
Shuni ta’kidlash joizki, V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi Rossiya Federasiyasining yirik ilmiy-davolash muassasalaridan biri sanaladi. Shuningdek, u dunyoning Times Higher Education Impact Rankings 2023 xalqaro reytingidagi eng yaxshi ta’lim muassasalarining birinchi yuztaligiga kiradi.
“Almazov markazi yurak-qon tomir kasalligi, qandli diabet va endokrinopatiya bilan kasallangan homilador ayollarni davolashga ixtisoslashgan. To‘plangan tajriba va bilimlarni o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘rtoqlashish ilg‘or texnologiyalarni yuqoridagi kabi bemor ayollarni davolashda joriy etishni, tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan ayollarning qoniqishini oshirishni maqsad qilgan”, — deb ta’kidladi V.A.Almazov nomidagi MTTM akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Irina Zazerskaya.
Ta’lim jarayoni davomida O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar xavfli guruhdagi ayollarda somatik kasalliklar va akusherlik asoratlarni tashxislash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi. Yangi bilimlar homiladorlik va tug‘ish paytida ko‘rsatiladigan yordam sifatini oshirish, hamda ona o‘limi va perinatal o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish imkonini beradi.
Undan tashqari Sankt-Peterburg mutaxassislari bilan birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni, teletibbiyotni, Rossiya Federasiyasi mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrif buyurishini, doimiy asosda stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Kurs qatnashchilarining qaytishi bilan viloyat, shahar va tuman darajasidagi muassasalarning shifokorlarini yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun kaskad treninglar sikli tashkil etiladi. Undan tashqari kurs davomida qo‘llangan simulyasion ta’lim texnologiyalari “RIOvaBSIATM” DKning o‘zining trening markazida amalda qo‘llaniladi.
Shuni qo‘shimcha qilamizki, shuningdek, safar doirasida Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya tibbiyot universiteti va uning Federal klinikasiga tashrif uyushtirildi. Tomonlar birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba almashish to‘g‘risidagi hamkorlikka kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida, shu narsa ta’kidlandiki, Pediatriya universiteti O‘zbekiston bilan allaqachon birgalikdagi ta’lim dasturini amalga oshirishni boshlab yubordi, hamda Rossiya OTM o‘qituvchilari O‘zbekiston shifokorlari uchun ta’lim sikllari olib borishga, har ikkala tomonda to‘plangan tajribalarni o‘rtoqlashishga tayyor.
