Oliy Sud Samandar Qo‘qonovni to‘liq oqlamadi

Oliy Sud Samandar Qo‘qonovni to‘liq oqlamadi

O‘zbekiston Oliy Sudi sobiq deputati Samandar Qo‘qonovning arizasiga binoan uni to‘liq reabilitasiya (oqlash) qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda Oliy Sud matbuot xizmati.

Ushbu yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyasi sobiq O‘zSSR Oliy Kengashi deputati Samandar Qo‘qonovning 22 aprel kuni topshirilgan kassasion arizasini ko‘rib chiqdi. Sud kollegiyasi qaroriga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy sudining 1994 yilning 23 avgustidagi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Sud kollegiyasi o‘z qarori bilan S. Qo‘qonovga qo‘yilgan ayrim ayblovlarni olib tashladi, ba’zi moddalar bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar o‘z kuchida qoldirildi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 1994 yildagi tahririga binoan S.Qo‘qonovga 20 yil qamoq jazosi belgilandi.

“S.Qo‘qonov qamoq jazosini to‘liq o‘tab bo‘lganligini hisobga olib, sud qarorining qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 74 yoshli Samandar Qo‘qonov 1994 yilda 20 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. 2016 yilning oktyabr oyida S. Qo‘qonov ozodlikka chiqarildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!