Olimpiadada rekord o‘rnatgan bokschilarimizning shaxsiy murabbiylarini bilasizmi?
Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi va boksimiz tarixida yangi sahifa ochishdi.
Bunda albatta bosh murabbiy To‘lqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar shtabining xizmati beqiyos. Murabbiylar shtabida katta murabbiylar Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike, shuningdek murabbiylarimiz Ziyatdinbek Toygonbayev, Davron Gafurov, Farruh Qilichev, Yergali Yarashov, Alisher To‘ychiyev, Po‘latjon Shahbazov, shifokor Komoljon Rasulov kabi mutaxassislarimiz ham faoliyat olib borishdi.
Bu safar O‘zbekiston boks federasiyasi bokschilarimizning shaxsiy murabbiylarini ham Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minlab bergani alohida e’tiborga loyiq. Ko‘pchilik muxlislarimiz Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari haqida ham qiziqish bildirishgan.
Unga ko‘ra, Olimpiada chempionlarining shaxsiy murabbiylari ro‘yxati shunday:
Hasanboy Do‘smatov - Ziyatdinbek Toygonbayev
Abdumalik Xalokov - Davron Gafurov
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Farrux Qilichev (Husanboy Qo‘chqorov)
Lazizbek Mullojonov - Alisher To‘ychiyev (Sherzod Husanov)
Bahodir Jalolov - To‘lqin Qilichev.