Olimlar yolg‘izlikdan qutqaruvchi robotqo‘l yaratishdi

Olimlar yolg‘izlikdan qutqaruvchi robotqo‘l yaratishdi

Yaponiyalik olimlar insonlarni yolg‘izlikdan xalos qiladigan robotlashtirilgan qo‘l yaratishdi.

Bu, ayniqsa, pandemiya paytida qo‘l keladi”, deb ta’kidlashmoqda dasturchilar.

"Ba’zan hammamiz do‘stona yordamga muhtoj bo‘lamiz, hatto birovning qo‘lidan ushlab ham o‘zimizni baxtli his qilishimiz mumkin", deb yozmoqda “Popular Mechanics” jurnali.

Ixtiro “Osampo Kanajo” deb nomlangan. Tarjima qilinganda u "Mening qiz do‘stim bilan sayr" degan ma’noni bildiradi.

Qurilma to‘liq ayollar kaftiga o‘xshatib yaratilgan va undan nozik xilqat vakilalari shampunining isi keladi.

Qizig‘i, agar talab etilsa, olimlar yolg‘iz ayollar uchun erkak robot qo‘lini yasashga va’da berishmoqda.

Ta’kidlanishicha, u kattaroq bo‘ladi va undan odekolon hidi kelib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!