Olimlar — qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat chuqurlashishi mumkin

Olimlar — qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat chuqurlashishi mumkin

Amerikalik tadqiqotchilar qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat chuqurlashishidan xavotirda, deb yozadi «Nature».

Olimlarning ta’kidlashicha, infeksiyaning qaytadan tarqalishiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, yilning sovuq davrida havosi yaxshi aylanmaydigan xonalar qo‘shimcha xavf-xatarga olib keladi.

Sovuq va issiq havo, shuningdek, quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasligi COVID-19 yuqishining oshishiga xizmat qiluvchi yana bir omil sanaladi.

«Mazkur virusning yuksalish davri boshlanadi. Oldinda bizni mashaqqatli oylar kutmoqda», — dedi Kaliforniyadagi Stenford universiteti mikrobiologi Devid Relman.

Shuningdek, mutaxassislar qishda kasallik qaytadan tarqalishining oldini olish maqsadida qat’iyroq nazorat choralari talab etilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!