Toshkentda garovga qo‘yilgan Chery xatlandi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 380 mln qarzi bo‘lgan.
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 2025 yil 5 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan ijro ishi yuritilmoqda.
Sud hujjatiga muvofiq, qarzdor S.YU.dan undiruvchi bank foydasiga 380 467 625 so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Shuningdek, kredit majburiyatlarini ta’minlash maqsadida garov sifatida rasmiylashtirilgan mol-mulkka undiruv qaratish nazarda tutilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan 2024 yilda ishlab chiqarilgan "Chery Aiqar EQ7" rusumli avtomashina aniqlanib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq xatlov qilindi.
Qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun belgilangan muddat berildi hamda bu haqda tegishli tartibda ogohlantirildi. Biroq, berilgan imkoniyatlarga qaramasdan, qarzdor tomonidan bank oldidagi kredit majburiyatlari bajarilmadi.
Shundan so‘ng ijro hujjati talablarini ta’minlash maqsadida majburiy ijro choralari qo‘llanilib, xatlangan avtomashina belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarildi.
Qonunchilik talablariga muvofiq, auksion savdolaridan tushgan pul mablag‘lari birinchi navbatda undiruvchi bankning qarzdorlik summasini qoplashga yo‘naltiriladi.
Kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish har bir fuqaroning moliyaviy intizomini namoyon etadi. Aks holda, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulk qonun doirasida realizasiya qilinishi mumkin.
