Olimlar iqlim o‘zgarishi chigirtkalar haddan ortiq ko‘payishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda

Olimlar iqlim o‘zgarishi chigirtkalar haddan ortiq ko‘payishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda

Buyuk Britaniyada tadqiqotchilar iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini haqidagi xulosalarni e’lon qildi.
Mamlakatda 1970 yildan buyon ilk marta chigirtkalar haddan ortiq ko‘payib ketgani global isish jarayoni bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Britaniyadagi mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan jamiyat shunday xulosaga keldi, deyiladi “The Guardian” xabarida.

Olimlarning fikricha, bir hududdan boshqasiga muttasil tarzda ko‘chib yuruvchi chigirtkalar miqdori 40 foizga ko‘paygan. Iqlim o‘zgarishlari tufayli hasharotlar endilikda o‘zlariga qulay muhit axtarib, mamlakat shimoliga tomon harakatlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!