Olimlar COVID-19 bilan bog‘liq g‘alati farqni payqashdi

Olimlar COVID-19 bilan bog‘liq g‘alati farqni payqashdi

Londonning Qirolicha Mariya universiteti va “Barts Health NHS Trust”  fondi mutaxassislari tadqiqot natijasida turli irq vakillari orasida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi turlicha bo‘lishini aniqlashdi.

Eksperimentda 2020 yil 1 yanvardan 13 maygacha kasalxonaga yotqizilgan 16 yoshdan oshgan 1,7 mingdan ortiq odamning tahlillari o‘rganilgan. Shulardan 538 kishi yoki 31% foizi osiyoliklar, yana 340 kishi yoki 20 foizi qora tanlilar, 707 kishi (40%) esa oq tanlilar bo‘lishgan. Umuman olganda, 30-kunga kelib 500 dan ortiq bemor vafot etgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, oq tanli bemorlarga nisbatan reanimasiya bo‘limiga osiyoliklar 1,54 marta, qora tanli bemorlar esa 1,8 baravar ko‘proq tushishgan. O‘rtacha hisobda osiyolik va qora tanli bemorlarda shamollatish va intensiv terapiya bo‘limlariga yotqizilish ko‘rsatkichi oq tanli kasallarga qaraganda 50-80% ko‘proq xavf mavjud bo‘lgan.

Bundan tashqari, osiyolik bemorlarning o‘lim darajasi qora va oq tanli odamlarga qaraganda 1,3 va 1,49 ga yuqorii natijani ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!