"Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi

"Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda baliq yetishtirishni ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qo‘shimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq mas’ullarining asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi.

Daryo bo‘ylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperasiya asosida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

"Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!