“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi tovlamachi ushlandi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi tovlamachi ushlandi

Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Z.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fotosuratlarini
“noma’lum shaxs” yuklab olib, uyatli rasmlari borligini aytib pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, muqaddam sudlangan, Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi, 35 yoshli T.U. ekanligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, T.U. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida Z.N. joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov berib, ushbu uyatli fotosuratlarni, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 6.500 AQSh dollari, bir dona "Apple iPhone 13 Pro" va bir dona erkaklar tilla zanjiri talab qilganligi ma’lum bo‘ldi

Mazur holat yuzasidan, T.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, T.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!