OAV: shahzoda Salmon Qoshiqchi qotilligidan saboq olmadi

OAV: shahzoda Salmon Qoshiqchi qotilligidan saboq olmadi

Shahzoda Salmon o‘zining impulsiv xatti-harakatlarini o‘zgartirishidan yiroq, deb xabar beradi Anadolu.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganidan saboq olmadi va bu jinoyatda asosiy gumondor hisoblangan Saud al-Qahtoniy bilan muloqat qilishda davom etmoqda. Bu xaqda The Washington Post gazetasida chop etilgan Amerikalik jurnalist Devid Ignatiusning maqolasida ma’lum qilingan.

Material muallifi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishidan keyin 100 kun o‘tganini eslatib o‘tadi.

Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni rasmiylari, saudiyalik valiahd shahzoda Tramp ma’muriyatining umidlariga qaramasdan, o‘zining impulsiv xatti-harakatlarini o‘zgartirishdan yiroq va Qoshiqchi qotilligidan saboq olmagan. U, aksincha, mamlakatni yakka hokim sifatida boshqarishda va muxolifatni ta’qib qilishda davom etmoqda , deb yozadi Ignatius.

Muallif Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan yaqinda uchrashgan AQSh rasmiysining so‘zlarini keltiradi.

U [Muhammad bin Salmon] nazorati ostidagi mamlakatda, o‘zini xavfsiz deya his etadi. Toki asoslari buzilmaguncha, unga hech narsa xavf solmaydi , - deydi manba.

Buyuk Britaniyadagi saudiyalik ekspertlardan biri ham shahzoda Salmonning Qoshiqchi o‘ldirilishidan saboq olmaganiga ishonadi va bu G‘arb hukumatlariga tahdid soladi, deb hisoblaydi.

Maqolada, shahzoda Salmon, Qoshiqchi o‘ldirilishining eng asosiy tashkilotchisi deya ko‘rilayotgan, yaqin maslahatchisi bo‘lgan Saud al-Qahtoniy bilan muloqot qilishda davom etmoqda, deya ta’kidlab o‘tiladi.

Al-Qahtoniy valiahd shahzodaga maslahatlar berishda davom etmoqda, deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, The Washington Post gazetasi bilan hamkorlik qilib kelgan, taniqli saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi, Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulxonasi binosida 2018 yilning 2 oktyabrida o‘ldirilgan edi.

Tergov natijalariga ko‘ra, Turkiya Bosh prokuraturasi jurnalist rejali qotillik qurboni bo‘lgan degan xulosaga keldi. Qoshiqchi elchixona binosiga kirib ketganidan so‘ng, o‘sha paytda bo‘g‘ib o‘ldirilgan edi.

Qotillikdan keyin Qoshiqchining tanasi parchalanib, yo‘q qilindi. Turkiya Qoshiqchi ishi bo‘yicha sud jarayonini Istanbulda tashkil qilish bilan chiqqan va jurnalistni o‘ldirishda ishtirok etganlarni ekstradisiya qilish uchun Ar-Riyodga murojaat qilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘on va jahon hamjamiyatining reaksiyasidan so‘ng, voqea sodir bo‘lganidan 18 kun o‘tgach, Ar-Riyod Qoshiqchi podshohlik konsulligi binosida o‘ldirilganligini tan olishga majbur bo‘ldi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Qoshiqchi jasadining qayerdaligi haqida ma’lumot bermadi. Anqara, barcha huquqiy kanallardan foydalanishni davom ettirmoqda va Saudiya Arabistoniga jinoyatchilarni aniqlash uchun xalqaro bosim o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Qoshiqchi qotillik ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etishga shoshilmayapti.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!