OAV: Isroilning Rafahga bergan zarbasi 20 kishini hayotdan olib ketdi

OAV: Isroilning Rafahga bergan zarbasi 20 kishini hayotdan olib ketdi

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi ikki uyga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi .
Avvalroq Falastinning WAFA agentligi mahalliy manbalarga tayanib, Isroil aviasiyasi Rafah shahrida, Muhammad Yusuf an-Najjar kasalxonasi yaqinida joylashgan ikki oilaning uyiga zarba bergani haqida xabar bergan edi.

Hujum oqibatida 15 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bundan tashqari, vayronalar ostida o‘nlab odamlar qolmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!