Nurobodlik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

Nurobodlik paxtakorlar respublikada birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

Nurobodliklar paxta topshirish rejasini 101,5 foizga bajardi. Nurobod ayni vaqtda joriy yil hisobidan mamlakatda rejani bajargan ilk tuman hisoblanadi.

2022 yil paxta hosili uchun tumandagi 4 ta muqobil mashina traktor parki hududida 36 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 632 gektar yer maydonlariga g‘o‘zaning serhosil navi ekilib, 2 ta “Samarkand kamalak invest” MCHJ va “Kattaqurgan claster” MCHJ klaster korxonalari bilan birgalikda 1350 tonna paxta xom ashyosi yig‘ib olingan.

Paxta hosilini sifatli va tez fursatlarda yig‘ishtirib olish maqsadida tumanda 12 ta paxta terim otryadlari tashkil etilib, 1500 ga yaqin vaqtincha ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etishgan.

Bugungi kunda tumandagi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida paxta hosili yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!