Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olish niyati haqida gapirdi

Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olish niyati haqida gapirdi

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmannop ikkinchi xotin olish niyati borligini "Mir 24" telekanaliga bergan intervyuda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning bitta xotini bor, ikkinchisi esa "rejalashtirilmoqda".

“Uchinchisi, ehtimol, bo‘ladimi yo‘qmi bilmadim. Xudo erkaklarga: ikki,uch, to‘rt xotin olinglar deb murojaat qilgan. Bitta esa nogironda ham bo‘lishi mumkin. <…> Ayolni doim hurmat qilish kerak”, - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Rossiyada poligamiya (ko‘p xotinlilik) qonun bilan taqiqlangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!