Nukusda harbiylarga yangi turar joylar topshirildi

Nukusda harbiylarga yangi turar joylar topshirildi

Yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligiga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Nukus shahridagi “Nur“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan ko‘p qavatli 30 xonadondan iborat ikkita yangi turar joy Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarida xizmat qiluvchi harbiylarga tantanali topshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasi xodimi, ham yangi uyga ega bo‘lgan yosh oilalardan biridir.

— Bugun oila a’zolarimiz bilan 3 xonali yangi uyga ega bo‘ldik, – deydi serjant Shonazar Adambayev. – Biz bundan juda baxtiyormiz. Uch nafar farzandimiz bor. Ularning ham quvonchi cheksiz.

Yangi xonadon egalariga kalitlar tantanali topshirildi, turar joyni qurib bitkazgan bunyodkorlar mehnati e’tirof etilib, sovg‘alar bilan taqdirlandi. San’atkorlar kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov ishtirok etdi.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!