Nukus shahri va Amudaryo tumanida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Nukus shahri va Amudaryo tumanida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Ipoteka bank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mas’ul shaxslari va fuqaro M.D. 2019-2020 yillarda M.D.ning 18 nafar qarindoshi nomiga soxta ma’lumotnomalar orqali ajratilgan 390 mln so‘m kredit mablag‘larini “M.T.”, “G.T.” va “A.T.” MCHJlarga o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, ATB “Agrobank” Amudaryo filiali mas’ul shaxslari 2 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ajratilgan 37 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!