Norinda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar va uning Toshkent shahridagi sherigi ushlandi

Norinda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar va uning Toshkent shahridagi sherigi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani va DXXning Uchqo‘rg‘on tumanlararo bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.N. boshqa bir fuqaro SH.ni go‘yoki Davlat test markazida ishlovchi tanishi orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan Toshkent shahrida davom etgan tadbirda, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.B. fuqaro SH.ni Namangan muhandislik texnologiya institutining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!