Noqonuniy qurilgan bino-inshoatlarni buzdirish bo‘yicha hujjatlar ijrosi ta’minlanmoqda

Noqonuniy qurilgan bino-inshoatlarni buzdirish bo‘yicha  hujjatlar ijrosi ta’minlanmoqda

Birov mehnat qilib qurgan uy-joyini buzish aslo oson ish emas. Lekin u noqonuniy qurilgan bo‘lsa-chi?

Mirishkor tumanidagi bir nechta mahallalarda qurilgan qurilishlarning noqonuniyligi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar tuman hokimligi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan.

Bir necha mahallalarda ana shunday holatlar aniqlangan va bu borada Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudiga da’vo arizalari kiritilgan hamda aniqlangan ob’ektlarning buzilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilinib, mazkur qarorlar ijrosi ta’minlanishi uchun Byuroning Mirishkor tumani bo‘limiga yuborilgan bo‘lib, mazkur ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, Mirishkor tumani, “R.G‘oibov” mahallasi hududining 418q-konturida javobgar A.Q tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0,12 gektar yer maydonidagi 9,0 m.kv noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshoatlar javobgar hisobidan buzdirildi.

Shuningdek, Mirishkor tumani, “R.G‘oibov” mahallasi hududining 418q-konturida javobgar L.Q tommonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0,12 gektar yer maydonidagi 12,0 m.kv noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshoatlar javobgar hisobidan buzdirilib, ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlanishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!