"Nomimda kredit bor. Yana kredit olishim mumkinmi?"

"Nomimda kredit bor. Yana kredit olishim mumkinmi?"

- Korxonamga 2 ta mashina olish uchun kredit olganman. 2 yildan buyon uzilishlarsiz o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqdaman. Kreditni ikkilamchi hisob raqamim ochilgan bankdan olganman. Hozirgi kunda yana kredit olishim mumkinmi?

- Bank qonunchiligida kredit olgan korxonalarga mavjud kredit qarzdorliklarini to‘liq so‘ndirgunga qadar boshqa qo‘shimcha kredit olish bo‘yicha taqiq belgilanmagan.

Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, agar korxonangizning kelgusida rejalashtirayotgan pul oqimlari, shuningdek, korxonaning moliyaviy holati va kredit to‘lash qobiliyati shu paytgacha olgan kreditlar va yangi olinishi rejalashtirilgan kredit uchun yetarli bo‘lsa, yana kredit olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!