Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar qanaqa?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar qanaqa?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar:

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi.

🔹Nogironligi bo‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!