Nodirbek Abdusattorov 2 xonali uy va «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Nodirbek Abdusattorov 2 xonali uy va «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo‘nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov tay-breykda Yan Nepomnyashiy ustidan g‘alaba qozonib, tarixdagi eng yosh chempionga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!