Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 2,5 million krona bo‘lgan superturnirda ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 2,5 million krona bo‘lgan superturnirda ishtirok etadi

Joriy yilning 29 may — 9 iyun kunlari Norvegiyada kuchli shaxmatchilar ishtirokidagi "Norway Chess" superturniri o‘tkaziladi. Unda 10 shaxmatchi ishtirok etadi va musobaqaga Nodirbek Abdusattorov ham taklif etilgan.

Turnirda ishtirok etadigan groyssmeysterlar:

Magnus Karlsen (Norvegiya)
Alireza Firuja (Fransiya)
Anish Giri (Niderlandiya)
Uesli So (AQSh)
Xikaru Nakamura (AQSh)
Fabiano Karuana (AQSh)
Shahriyor Mamedyarov (Ozarboyjon)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
Domaradju Gukesh (Hindiston)
Aryan Tari (Norvegiya).

"Ushbu turnirga meni taklif etishganidan xursand bo‘ldim. Bunday musobaqa ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘layotganimdan hayajondan. Qiziqarli bahslarda qatnashishni intizorlik bilan kutaman", — dedi 18 yoshli Nodirbek Abdusattorov.

Format
Shaxmatchilar bir davrada o‘zaro to‘qnash keladilar. Har bir sportchiga dastlab 120 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurish uchun 10 soniya vaqt qo‘shiladi. 40-yurishdan keyin oqlarga 10 daqiqa, qoralarga 7 daqiqa vaqt qo‘shib beriladi. Har bir yurishga 1 soniyadan qo‘shib boriladi.

Mukofot jamg‘armasi
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2.500.000 Norvegiyasi kronasiga teng (taxminan 235 ming AQSh dollari). Mukofot shaxmatchilar o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin: 750 000 krona ($71000)
2-o‘rin: 400 000 krona ($38000)
3-o‘rin: 250 000 krona ($237000)
4-o‘rin: 200 000 krona ($19000)
5-o‘rin: 180 000 krona ($17000)
6-o‘rin: 170 000 krona ($16000)
7-o‘rin: 160 000 krona ($15000)
8-o‘rin: 140 000 krona ($13000)
9-o‘rin: 130 000 krona ($12000)
10-o‘rin: 120 000 krona ($11000).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!