Nodirbek Abdusattorov «ChessKid Cup-2023» musobaqasi g‘olibiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov «ChessKid Cup-2023» musobaqasi g‘olibiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup-2023 onlayn musobaqasi g‘olibiga aylandi.

Hamyurtimiz turnir finalida niderlendiyalik Yorden van Forestga qarshi dona surib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi. Shaxmatchilar o‘rtasidagi o‘tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida durang qayd etilgan bo‘lsa, Nodirbek uchinchi partiyada qora donalarda o‘ynab, bahsni o‘z foydasiga hal etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!