Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (180-son, 24.03.2020 y.) bilan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomlar tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha sud ekspertizasini o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislar bo‘lgan tashkilot hisoblanadi.

Tashkilot rahbari sifatida faqat sud eksperti faoliyat olib borishi mumkin.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faqat sud ekspertizasini amalga oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli.

❗️Nizomga ko‘ra, mazkur faoliyatni turar joyda amalga oshirish taqiqlanadi.

Tashkilot amalga oshiriladigan sud ekspertizasi narxlarini mustaqil belgilaydi.

Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi to‘g‘risidagi hamda Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!