Nima uchun dunyoning yuqori darajadagi razvedkachilari Singapurda yashirincha yig‘ilishdi?

Nima uchun dunyoning yuqori darajadagi razvedkachilari Singapurda yashirincha yig‘ilishdi?

Shangri-La Dialogue xavfsizlik forumi bilan bir qatorda Singapurda 20 ga yaqin davlatning yuqori martabali razvedka xodimlarining maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Reuters manbalari.

Uchrashuvda AQSh Milliy razvedkasi direktori Avril Xeyns va Hindiston razvedkasining tadqiqot va tahlil bo‘yicha direktori Samant Goyel ham bor edi. AQSh bilan ziddiyatga qaramay, yig‘ilishda Xitoy vakili ham bor edi, lekin Rossiya Federasiyasi vakili yo‘q edi.

Reuters manbalariga ko‘ra, bunday tadbirlar tomonlarning niyatlari va ular intilayotgan natijalarni tushunishga yordam beradi. Uchrashuvlar Singapur tomonidan ko‘p yillardan buyon uyushtirilib kelinmoqda, biroq bu haqda avval xabar berilmagan, deydi manbalar.

AQShning Singapurdagi elchixonasi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Xitoy va Hindiston hukumatlari izoh bermadi. Singapur Mudofaa vazirligi vakili faqatgina barcha forum ishtirokchilari, jumladan, razvedka xizmatlarining yuqori martabali amaldorlari ham “o‘z hamkasblari bilan uchrashish imkoniyatidan foydalanishlarini” ta’kidladi.

Shangri-La dialogi 2002 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik xavfsizlik forumidir. Tashkilotchi - Londonda joylashgan Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!