NIKOHDAN AJRATISh HAQIDAGI ISHLAR QAYSI TUMANDA KAMAYGAN VA AKSINCHA?

NIKOHDAN AJRATISh HAQIDAGI ISHLAR QAYSI TUMANDA KAMAYGAN VA AKSINCHA?

Bugun Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan 2022 yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida xabar berish maqsadida brifing tashkil qilindi.

Unda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov va Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari G‘olibjon Davlatov so‘zga chiqishdi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan hisobot davrida jami 44 033 ta fuqarolik ishi tamomlangan bo‘lib, ishlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 270 taga yoki 85,3 foizga ko‘paygan (2021 yil 1-yarmida bu ko‘rsatkich 23 763 tani tashkil etgan).

Jami tamomlangan 44 033 ta ishdan 31 529 tasi bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lib, shundan 28 606 ta ish bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 2 923 tasi rad etilgan, 420 ta ish yuzasidan ish yuritish tugatilgan, 4 978 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan, hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlariga doir 76 ta ish va 7 030 ta material ko‘rilgan.

Shuningdek, joriy yilning 1-yarmida 20 937 ta arizalar sud buyrug‘i tartibida hal qilingan bo‘lib, 2021 yilning shu davriga (12 143 ta) nisbatan 2 820 taga yoki 72,4 foizga ko‘paygan, shundan 2 537 tasi voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment undirish, 888 tasi ish haqi undirish, 1 249 tasi soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish, 13 101 tasi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish, 3 162 tasi yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar bo‘yicha sud buyruqlarini tashkil etgan.

KREDIT, QARZ, NOQONUNIY QURILMALARNI BUZISh VA KOMMUNAL QARZDORLIKNI UNDIRISH...

Shuningdek, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov ko‘rilgan ishlarning tahliliga to‘xtalib, 2021 yilnig 1-yarmiga nisbatan joriy yilning 1-yarmida qaysi toifa ishlar soni kamayganini ma’lum qildi:

  • Ijara shartnomasi bilan bog‘liq nizolar 252 tadan 181 taga (-71 ta);
  • ishga tiklash haqidagi ishlar 254 tadan 188 taga (-66 ta);
  • jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash 64 tadan 16 taga (-48 ta);
  • uydan ko‘chirish 242 tadan 203 taga (-39 ta);
  • ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash 80 tadan 43 taga (-37 ta);
  • uyga kiritish haqidagi ishlar 263 tadan 229 taga (-34 ta);
  • mulkni noqonuniy egalikdan talab qilib olish 70 tadan 43 taga (-27 ta);
  • fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki layoqatsiz deb topish 147 tadan 129 taga (-18 ta);
  • atrof-muhit, tarixiy, madaniy yodgorliklarga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq ishlar 8 tadan 4 taga (-4 ta);
  • farzandlikka olshish haqidagi ishlar 192 tadan 189 taga (-3 ta) kamaygan.

Shu bilan birgalikda quyidagi toifa ishlar soni ko‘paygan:

  • Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq ishlar 10.951 tadan 19.260 taga (+8.309 ta);
  • qarz undirish haqidagi ishlar 988 tadan 1.977 taga (+989 ta);
  • o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish haqidagi ishlar 695 tadan 1.653 taga (+958 ta);
  • kommunal qarzdorlik bilan bog‘liq ishlar 107 tadan 743 taga (+636 ta);
  • uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi ishlar 694 tadan 896 taga (+202 ta);
  • nikohdan ajratish haqidagi ishlar 3.850 tadan 3.974 taga (+124 ta);
  • ish haqi undirish haqidagi ishlar 202 tadan 337 taga (+135 ta);
  • qonunga xilof tarzda javobgarlikka tortish natijasida yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlar 77 tadan 97 taga (+20 ta);
  • meros bilan bog‘liq ishlar 153 tadan 264 taga (+111 ta);
  • ota-onalik huquqidan maxrum qilish 133 tadan 157 taga (+24 ta) ko‘paygan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan, 2022 yilning 1-yarmida oldingi yilning shu davriga nisbatan sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar soni asosan kredit, qarz, noqonuniy qurilmalarni buzish va kommunal qarzdorlikni undirishdan kelib chiqadigan nizolar hisobiga oshganligi ko‘rinadi.

— Tahlilidan ko‘rinishicha, kredit shartnomalari bo‘yicha nizolar asosan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan fuqarolarga maishiy texnikalar qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida realizasiya qilish haqidagi shartnomalarga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, bank muassalaridan olingan kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar o‘tgan yillardagi epidemiologik vaziyat sababli aholi daromadining nisbatan kamayganligi va to‘lov qobiliyatining pasayganligi bilan bog‘liqdir, - deydi Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Shuhrat Abbasov.

Qolaversa, 2022 yilning 1-yarmida sudlar tomonidan ko‘rilgan nikohdan ajratish haqidagi ishlar o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslanganda 3 850 tadan 3 974 taga (124 ta yoki 3,2 foiz)ga ko‘paygani ham aytib o‘tildi. Shundan qanoatlantirilgan arizalar soni 2021 yil 1-yarmida 1789 ta yoki 46,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning 1-yarmida 1783 ta yoki 45,0 foizni tashkil etgan.

Sudlarda oilalarni saqlab qolish maqsadida da’vosi rad etilgan, taraflar yarashganligi uchun ish yuritish tugatilgan va ko‘rmasdan qoldirilgan ishlar soni 2022 yilning 1-yarmida 2191 tani yoki 55,0 foizni tashkil etgan (2021 yil 1-yarmida 2061 ta yoki 53,5 foiz).

Nikohdan ajratish haqida ko‘rilgan 3974 ta ishning 2 215 tasi (55,7 foiz) bo‘yicha ayollar, 1 759 tasi (44,3 foiz) bo‘yicha erkaklar da’vogar sifatida qatnashgan. Eng achinarlisi, nikohdan ajratilgan oilalarning 2 113 nafar voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan, - deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov.

2022 yilnig 1-yarmida jami ko‘rilgan nikohdan ajratish haqidagi fuqarolik ishlarini Toshkent shahrining tumanlar kesimida tahlil qilinganda,

  • Sergeli tumani bo‘yicha 294 (216) ta,
  • Shayxontohur tumani bo‘yicha 524 (483)ta,
  • Yangihayot tumani bo‘yicha 160 (122) ta,
  • Chilonzor tumani bo‘yicha 403(374) ta,
  • Olmazor tumani bo‘yicha 349(325) tani tashkil etgan.

Shuningdek, nikohdan ajratish haqidagi ishlar Yakkasaroy tumani bo‘yicha 141 (172) tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 taga kamayganligini ta’kidlash zarur.

Brifingda oilalarni saqlab qolish, bolalarni sog‘lom oila bag‘rida kamol topishi uchun Toshkent shahar sudi tomonidan joylarda nikoh va oila masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgani, oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish maqsadida “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markaz”lariga yarashtirish uchun muhlat tayinlangani va rad etilgan ishlar yuzasidan xatlar yuborilishi alohida ta’kidlandi.

24 565 000 000 SO‘M MA’NAVIY ZARAR UNDIRILDI

Ma’lumki, keyingi yillarda sudlar tomonidan asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarni reabilitasiya qilish maqsadida ko‘plab oqlov hukmlari qabul qilindi. Bu o‘z navbatida fuqarolik huquqiy oqibatlarini ham keltirib chiqarmoqda. Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish natijasida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq 97 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan bo‘lib, shundan 78 tasi yoki 80,4 foizi qanoatlantirilib, fuqarolarning foydasiga 24 565 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan (13 ta ish qanoatlantirishdan rad etilgan, 5 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan).

Shuningdek, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 2022 yilning 1-yarmida intellektual mulk huquqidan kelib chiqqan nizolar bilan bog‘liq 5 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 3 tasi qanoatlantirilib, 100 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan, 1 ta da’vo ariza qanoatlantirishdan rad etilgan va 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

FARZANDLIKKA OLISh HAQIDAGI NECHTA ARIZALAR KO‘RIB CHIQILGAN?

Ma’lumki, farzandlikka olish haqidagi arizalarni ko‘rish Qonun bilan sudlar vakolatiga berilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur davrda sudlar tomonidan 189 ta farzandlikka olish haqidagi arizalar ko‘rib chiqilgan. Shundan 167 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasi rad etilgan, 16 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

NIKOHDAN AJRATISh HAQIDAGI ISHLAR QAYSI TUMANDA KAMAYGAN VA AKSINCHA?NIKOHDAN AJRATISh HAQIDAGI ISHLAR QAYSI TUMANDA KAMAYGAN VA AKSINCHA?NIKOHDAN AJRATISh HAQIDAGI ISHLAR QAYSI TUMANDA KAMAYGAN VA AKSINCHA?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jahon IQ reytingi: eng aqlli insonlar qaysi davlatlarda yashaydi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Дунё мамлакатларининг ўртача IQ даражаси янгиланди.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Moskva g‘azabda: Barcha javobgarlik AQShda...

Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Alisher Qodirov Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblariga murojaat qildi: “Iste’molchining 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar”

Буни ҳозир тўхтатмасак, 20 йилдан кейин ҳеч қандай қонун ёки давлат дастури сезиларли кўп интелектуал заиф қатламга ёрдам бера олмайди.

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilish rejalarini ishlab chiqdi – FT

Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.

Yana bir yirik davlat BRIKS a’zosiga aylandi

Бразилия Ташқи ишлар вазирлиги Индонезия 6 январ куни БРИКСга тўлақонли аъзо бўлганини маълум қилди.

Marca nashrida Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi

Мақолада ҳамюртимиз Франция чемпионатининг асосий кашфиётларидан бири сифатида эътироф этилган.

"An-Nasr" Ronaldu borasida yakuniy qarorga keldi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби ҳужумчи Криштиану Роналдунинг келажаги борасида бир қарорга келди.

«Real», «Yuventus», «Bayer», «Borussiya» Husanovga qiziqmoqda. «Man Siti» esa futbolchining otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashdi

Бу ҳақда FootMercato хабар берди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Turkiya yangi hukumat ostida Suriya nomini oshkor qildi

Янги конституция қабул қилингандан кейин Сурия номи ўзгармасдан қолади – Сурия Араб Республикаси, деди Туркия ташқи ишлар вазири Хоқон Фидан CNN Турк телеканалига берган интервюсида.

Tramp Yaqin Sharqda “jahannam” yaratishga va’da berdi

Бу ҳақда у Мар-а-Лагодаги қароргоҳида сўзлаганида маълум қилди, деб ёзади Gazeta.ru.

Rus qo‘shinlari Kursk viloyatiga kirishdi

Буни Чуқур давлат ҳарбий жамоат харитаси тасдиқлайди

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

"Onamni haqorat qildi, chidolmadim" — Toshkentda erkak xotinini nega o‘ldirganini aytdi

Бу ҳақда "Миллар" информацион дастурида маълум қилинди.

Tramp Netanyahu "itning bolasi" deb atalgan videoni e’lon qildi

Колумбия университети профессори Жеффри Сакс Нетаняҳуни Сурия ва Ироқдаги уруш учун жавобгарликда, шунингдек, АҚШни Эрон билан тўқнашувга ундашда айблаган.

Fil quturdi va olomonga tashlandi

Ҳиндистоннинг Керала штатида бўлиб ўтган фестивалда 17 киши жароҳатланган. Бу қутурган фил туфайли содир бўлди.

Isroilning zarbalari kuchaygani sari G‘azo bo‘ylab "halokatli" vaziyat yuzaga kelmoqda

Охирги ҳужумлардан бири Ғазо шаҳридаги марказий кўнгилочар боғлардан бирига яқин бир гуруҳ тинч аҳолини нишонга олиб, камида беш кишини ўлдирган.

Isroil tong sahardan beri G‘azoda o‘nlab falastinliklarni o‘ldirdi

Исроилнинг Ғазодаги геноциди туфайли 2023-йил 7-октябрдан бери камида 45 936 фаластинлик ҳалок бўлди.

Rossiya-Ukraina urushida o‘limlar sonini tekshirish nima uchun qiyin?

Россия-Украина урушида қурбон бўлган аскарларнинг сонини аниқлаш қийин, чунки экспертлар буни "ҳикоялар уруши" деб аташади. Аниқ нарса шуки, Россия Иккинчи Жаҳон Урушидан бери ҳар қандай урушдан кўра кўпроқ аскарларини йўқотди.

Rossiya 2024 yilda Ukrainaning 4000 kv.km maydonini egalladi

Рус қўшинлари уруш давом этар экан, минтақада олдинга силжиб, шу ҳафта Украина шарқидаги ресурсларга бой Курахове шаҳрини қўлга киритганини даъво қилди.

O‘rmon yong‘inlari Los-Anjelesdagi Gollivud yulduzlari yashaydigan hududni qamrab oldi

Булар орасида АҚШ вице-президенти Камала Харриснинг қароргоҳи ҳам бор.

AQShda JetBlue samolyotining shassisidan ikki kishining jasadi topildi

Ҳуқуқ-тартибот идоралари вакилларининг айтишича, Броуард округи тиббий экспертизаси идораси икки кишининг ўлими сабабини аниқлаш учун аутопсия ўтказади.

Toshkent viloyatida onasi tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qiz vafot etdi

Ўтказилган терговга қадар текширувда қизни 47 ёшли онаси Э.Й. қаттиқ калтаклаб, тан жарохати етказгани аниқланган.

Xitoydagi zilzila oqibatida 126 kishi halok bo‘ldi

Жомолунгма тоғининг сайёҳлик ҳудуди зилзиладан кейин вақтинча ёпилди.

2024 yilda Eronda rekord darajada ko‘p odam o‘lim jazosiga hukm qilindi

Маълумотларга кўра, қатл этилган 997 нафар одамдан 34 нафари аёллар, 9 нафари вояга етмаганлардир.

AQSh sudi Tramp haqidagi hisobotni chop etishni blokladi

АҚШ суди АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трампга қарши суд жараёни ҳақидаги ҳисоботни чоп этишни блоклади . Бу ҳақда The Washington Post ёзмоқда .

Xitoy hukumati Himoloydagi zilzila haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi

Сешанба куни эрталаб Хитойнинг жануби-ғарбидаги Сизан автоном вилоятида содир бўлган 6,8 магнитудали зилзила натижасида Ҳимолой тоғларининг шимолий ёнбағрида минглаб қишлоқ уйлари қулагани оқибатида 126 киши ҳалок бўлгани ва 188 киши жароҳатлангани тасдиқланди, дея хабар беради Синхуа агентлиги 7 январ куни.

Peterburgdan Samarqandga uchayotgan samolyotda nosozlik chiqdi

Санкт-Петербургдан Самарқандга учаётган Utair самолёти стабилизаторида кузатилган носозлик туфайли лайнер Москванинг Внуково аэропортига қўнишга тайёрланмоқда, деб хабар қилди компания матбуот хизмати.

BAA Isroil va AQSh bilan G‘azo sektorini muhokama qilmoqda

. Бу ҳақда бугун, 7 январь куни ўнлаб хорижий дипломатлар ва Ғарб расмийларига таяниб, "Reuters" хабар берди.

AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi

Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.

G‘azoda 345 ming nafar aholi ochlikdan aziyat chekmoqda

Жаҳон озиқ-овқат дастури (WFP) маълумотларига кўра, зарур бўлган озиқ-овқатнинг фақат учдан бир қисми минтақага етиб боради.

Tibetdagi zilzila qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

Турли даражадаги тан жароҳатлари олганлар сони эса 130 кишини ташкил қилди ва уларнинг аҳволи оғир деб баҳоланмоқда.

AQShda parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi

Луизианалик эркак парранда гриппининг D1.1 штамми билан касалланган. Бу штамм сут берувчи ҳайвонлар орасида айланаётган вариантдан фарқланади

Kuchli yomg‘irlar sabab Makka va Madinani suv bosdi

Мамлакат метеорология бошқармаси Макка, Мадина ва Жидда шаҳарлари учун хавфдан огоҳлантиришнинг энг юқори даражасини эълон қилган.