Oliy sud diniy ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1 ming 400 ga yaqin manbalar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqiqlangan profil va materiallarning asosiy qismi Telegram messenjeri, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati e’lon qilindi.
2025 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 203 ta profil va materiallar;
Telegram messenjerida 713 ta kanal, guruh va materiallar;
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 226 ta profillar;
Youtube video-xostingida 135 ta kanal va turli videolar;
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida 35 ta profil va materiallar;
Tik-tok'da 44 ta profil;
Internet jaxon axborot tarmog‘idagi 13 ta sayt va alohida materiallar;
20 ta turli kitob, ma’ruza va nashidalar.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov fuqarolardan «diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan saqlanishni va ulardan yiroq bo‘lish»ni so‘ragan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
Россия президенти Владимир Путин мамлакат Украина можароси бўйича музокараларга тайёр эканини айтди. Президент Украина расмийларининг ўзлари Россия билан музокара олиб боришни тақиқлаганини эслатди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.