Uch yil oldin shunga o‘xshash loyiha imi-jimida bekor qilib yuborilgan edi. Bu safar kuniga 10 ming qadam yurish bo‘yicha “yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar” davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma olishi, barcha voyaga yetgan a’zolari bunday natijaga erishgan oilalardan 14 tasi har yili lotereya orqali elektromobil yutib olishi mumkin.
O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilish;
yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bog‘ yaratish hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.
Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025 yil 1 iyungacha ishga tushirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyoda yurganlarni mukofotlash tizimi 2021 yil mart oyida ham yo‘lga qo‘yilgandi. O‘shanda 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, shu orqali kuniga 10 ming qadamdan ortiq yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan to‘lash boshlangan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, 2022 yil yanvarida bu jarayon to‘xtatib qo‘yilgandi.
2022 yil may oyiga kelib, jamoatchilik piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilganidan xabar topgandi.
O‘shanda piyoda yuruvchilarga platformada hisoblangan pul mukofotlarining bir qismi oxir-oqibat to‘lanmay qolgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.
Microsoft, биринчи навбатда, кам ишлаётган ва кам ишлайдиган ходимларга таъсир қиладиган ходимларнинг қисқаришини тасдиқлади. Ишдан бўшатилганларнинг аниқ сони ҳозирча ошкор этилмаган.
АҚШ Украинага "жуда муҳим" ҳарбий ёрдам пакетини эълон қилмоқчи . Бу ҳақда Пентагоннинг юқори мартабали вакили маълум қилди , дея хабар беради РИА Новости .
Колумбия университети профессори Жеффри Сакс Нетаняҳуни Сурия ва Ироқдаги уруш учун жавобгарликда, шунингдек, АҚШни Эрон билан тўқнашувга ундашда айблаган.
Россия-Украина урушида қурбон бўлган аскарларнинг сонини аниқлаш қийин, чунки экспертлар буни "ҳикоялар уруши" деб аташади. Аниқ нарса шуки, Россия Иккинчи Жаҳон Урушидан бери ҳар қандай урушдан кўра кўпроқ аскарларини йўқотди.