Neymar jamoadoshini tahqirladi

Neymar jamoadoshini tahqirladi

Braziliya terma jamoasining hujumchisi Junior Neymar da Silva jamoadoshi Tiagu Silvani haqoratlagani haqida ma’lumot berdi «Globo.com».

Hodisa terma jamoaning Kosta Rika bilan bahsidan so‘ng sodir bo‘lgan.

“Neymarning o‘zini tutishi meni xafa qildi” dedi himoyachi Neymarning haqorati haqidagi savolga javoban.

Ularning og‘zaki jangi Tiagu to‘pni Kosta Rika futbolchilariga zudlik bilan qaytargani uchun yuzaga kelgan. Neymar uni vaqtni cho‘zish o‘rniga, raqiblarga ko‘maklashishda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 2:0 hisobi bilan braziliyaliklarning foydasiga hal bo‘lgan va har ikkala gol 91 va 97 daqiqalarda kiritilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!