Netanyaxu Isroil G‘azo sektoridagi yo‘qotishlarni minimallashtira olmaganini tan oldi

Netanyaxu Isroil G‘azo sektoridagi yo‘qotishlarni minimallashtira olmaganini tan oldi

Isroil G‘azo sektorida HAMASga qarshi kurashda tinch aholini xavf-xatardan himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, jumladan, ogohlantiruvchi varaqalarni tarqatmoqda, biroq uning qurbonlar sonini kamaytirishga qaratilgan harakatlari “muvaffaqiyatsiz”.

Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amerikaning CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Har qanday tinch aholi o‘limi fojiadir. Biz tinch aholini xavf-xatardan himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz, HAMAS esa ularga zarar yetkazish uchun hamma narsani qiladi", - dedi Netanyaxu.

"Shuning uchun biz ularga varaqalar tarqatamiz va mobil telefonlariga qo‘ng‘iroq qilamiz", deb qo‘shimcha qildi Isroil rahbari.

Biroq siyosatchi tinch aholi qurbonlari sonini minimallashtirishning iloji yo‘qligini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!