Nepalda kuchli suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Yana 64 kishi bedarak yo‘qolgan. Suv toshqiniga o‘tgan hafta juma kuni boshlangan kuchli yomg‘ir sabab bo‘lmoqda.
Taxminan uch ming nepallik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Suv sathining keskin ko‘tarilishi uylarni vayron qiluvchi, avtomobil va avtobuslarni olib ketuvchi ko‘chkilar va loy oqimlarini keltirib chiqaradi.
Suv toshqinlari va ko‘chkilar suv ta’minoti va kanalizasiya tarmoqlariga zarar yetkazgan, aloqa va elektr uzatish liniyalari uzilib qolgan. Jabrlangan hududlarda, jumladan, poytaxt Katmanduda maktab darslari bekor qilindi. Mahalliy hokimiyat organlari tungi vaqtda mashina haydashni taqiqlagan.
Sinoptiklarning ogohlantirishicha, yomg‘ir kamida seshanbagacha davom etishi, suv sathi, shuning uchun qurbonlar soni yanada oshishi mumkin. Jabrlanganlarga yordam berishga 10 mingga yaqin polisiyachi, qutqaruvchilar va ko‘ngillilar jalb etilgan.
Nepalda deyarli har yili musson mavsumida suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo‘ladi. Biroq, so‘nggi yillarda ularning ko‘lami oshdi. Olimlar buni global isish bilan bog‘lashadi, buning natijasida okeanlar ko‘proq suv bug‘lanadi, havo namlanadi va yog‘ingarchilik miqdori ortadi.