Nega Islom Karimov maqbara majmuasida suratga tushish mumkin emas?

Nega Islom Karimov maqbara majmuasida suratga tushish mumkin emas?

Kecha vodiydan kelgan mehmonlar bilan birga Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildik.

Islom Karimov maqbara majmuasini ziyorat qilayotganimizda shu yerda bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi hududda suratga tushish mumkin emas, dedi.

Nega? Bu yer strategik ob’ektmi? Amir Temur maqbarasida, Imom Buxoriy majuasida Shohi Zinda-yu, Registon maydonida mumkin-u bu yerda mumkin emasmi?

Nega unda yuqori martabali mehmonlar kelib ziyorat qilganda suratga, videoga olib namoyish etishga ruxsat beriladi-yu oddiy aholiga yo‘q?

Umuman, ziyoratgohda suratga tushishni taqiqlashda diniy nuqtai nazardan yoki qonunan biror bir asos yoki mantiq bormi?

Turizmni rivojlantirish haqida gap ketganda shunaqa “mumkin emas”, “taqiqlanadi” degan qoidalarni ham bir o‘ylab ko‘rish kerakdir...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!