Neft va gaz talon-toroj qilinishining oldi olindi

Neft va gaz talon-toroj qilinishining oldi olindi

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mamlakatning milliy boyligi hisoblangan neft va kondensat mahsulotlarini talon-toroj qilish bilan qo‘lga kiritish harakatida bo‘lgan shaxslarga qarshi kurashishda, ularning noqonuniy qilmishlarining oldini olishda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kelib tushayotgan xabarlar tahlili natijasida joriy yilning iyul oyida Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti tomonidan “Gissarneftgaz” QK MCHJ tasarrufidagi konlarda joylashgan neft va gazkondensati quvurlariga begona shaxslar tomonidan noqonuniy ulanishga harakat qilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, olib borilgan o‘rganishlar natijasida korxonaning “Shakarbuloq” konida mahsulotini o‘zlashtirish uchun neft quvuriga qo‘lbola usulda yog‘ochdan yasalgan qoziq o‘rnatilgani hamda “Shimoliy G‘uzor” koni hududidan o‘tgan kondensat quvuriga xomutlar yordamida ulangan shlang va ventil moslamalari tayyorlanib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Salbiy holatlar zudlik bilan bartaraf etildi va o‘g‘irlikning oldi olindi.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!