Navoiyda YTH oqibatida 2 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

Navoiyda YTH oqibatida 2 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

Navoiy viloyati Konimex tumanida 28 oktyabr kuni Matiz avtomobili ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki oylik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 oktyabr kuni Konimex tumanidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida Navoiy—Zarafshon—Uchquduq yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Matiz avtomobilining shinasi yorilib ketgan. Natijada avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan.

Avtomobil salonida bo‘lgan haydovchining ikki oylik farzandi Zarafshon shahar shifoxonasiga olib borilgan. Biroq chaqaloq hushiga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!