Navoiyda haydovchining e’tiborsizligi sababli bir qizaloq vafot etdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida e’tiborsiz haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
1983 yilda tug‘ilgan SH.Odilov (shaxsi o‘zgartirilgan) 2021 yil 5 iyul kuni soat 12:40 larda boshqaruvidagi “GAZ-310290” rusumli 85A 143 AA davlat belgili avtomashinani Xatirchi tumani xududidan o‘tuvchi 4R48 avtomabil yo‘lidan Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘ini tomon harakatlanib kelib, O‘zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarining” 11. bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar talablarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning umumiy holati va ta’mirlash jarayoni ketayotganini inobatga olmasdan mazkur yo‘lning 133 kmda yo‘lning qotnov qismi tekisligi buzilganini bila turib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan, yo‘lning transport vositalari qatnovi uchun mo‘ljallangan asfalt qopamali qismidan harakatlanmasdan, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘t tomon obochena qismidan harakatni davom ettirib, oldinda yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tgan voyaga yetmagan S.Hamidovani (shaxsi o‘zgartirilgan) yo‘lning obochena qismida urib yuborib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.
Natijada, voyaga yetmagan S.Hamidova sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 11 avgustdagi 31 sonli xulosasiga ko‘ra, bosh bo‘yin ko‘krak qafasining qo‘shma shikastlanish, bosh miya yopiq jarohati, kalla ensa suyagini sinib asosiga o‘tishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimalariga va yon qorinchalariga qon quyilishi, o‘ng tomonlama o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab 1-9 qovurg‘alarning, chap tomondan o‘rta umrov chizig‘i bo‘ylab 2-7 voqurg‘alarining sinishi, shu soha yumshoq to‘qimalariga to‘q qizil rangli qon quyilishi, o‘pka va jigar to‘qimalarining yirtilishi, ichki qon ketish, tanasidagi ko‘plab shilinmalar kabi o‘limiga sabab bo‘lgan tirikligida hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Sud, SH.Odilovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga to‘liq iqrorligini, qonuniy vakilning da’vo borligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti yoshini, muqaddam sudlanmaganligini, qonuniy vakilning unga nisbatan da’vosi borligini, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik xususiyatini va darajasini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan 3 (uch) yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda
5 (besh) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Habilulla Tuxtayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi