Navoiyda 55 bosh qo‘y va echkilar o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Navoiyda 55 bosh qo‘y va echkilar o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 noyabr kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida yashovchi I.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 26 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs shu mahalla hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan 55 bosh qo‘y va echkilarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurota tumanida yashovchi H.K. va B.X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!