Navbatdagi ozodlik: O‘zbekistondagi OTMlardan biri 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tdi

Navbatdagi ozodlik: O‘zbekistondagi OTMlardan biri 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tdi

Termiz davlat universitetida 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tildi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tish qarorini universitetning telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali professor-o‘qituvchilarning 86 foizi, talabalarning 95 foizi qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, Termiz davlat universitetida joriy yilning 1 fevralidan boshlab haftasida 5 kun dars bo‘ladi. 
Haftaning shanba kuni “Kitobxonlik va mustaqil ta’lim soatlari”, yakshanba kuni esa odatdagiday dam olish kuni bo‘ladi.

Avvalroq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti joriy yilning 25 noyabridan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tgandi. Universitetda talabalardan rasmiy forma talab qilish ham bekor qilingandi.

P.S: Boshqa OTM rektorlaridan ham mana shunday yangiliklar kutib qolamiz. Nazarimizda, bu eng adolatli va jahon tajribalariga mos keluvchi tanlov!
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!