NATO Ukrainani o‘zini himoya qilishida qo‘llab-quvvatlaydi — Berbok

NATO Ukrainani o‘zini himoya qilishida qo‘llab-quvvatlaydi — Berbok

NATO Ukrainani o‘zini himoya qilishida qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Oslodagi NATO tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi arafasida ma’lum qildi.

"Urushning har bir kuni, Rossiyaning dron va raketalarining har bir yangi hujumi bizning ukrainaliklarning o‘zini himoya qilishi va tinchlik uchun kurashida qo‘llab-quvvatlashimizni kuchaytiradi", — deb ta’kidladi Berbok.

Annalena Berbokning fikricha, Shvesiya Shimoliy Atlantika alyansiga ko‘pi bilan 6 hafta ichida qo‘shila oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Vilnyusdagi sammitida 32 ittifoqchi muzokara stoliga o‘tirishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!