NATO Yevropada yangi yadroviy raketalarni joylashtirmaslikka qaror qildi

NATO Yevropada yangi yadroviy raketalarni joylashtirmaslikka qaror qildi

NATO mamlakatlari Yevropada yadroviy raketalar joylashtirilmaydi degan qarorga kelishdi, deb ma’lum qildi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg.

"Vazirlar Yevropada yangi yerusti yadroviy raketalarini joylashtirish niyati yo‘qligini tasdiqlashdi", - dedi Stoltenberg.

Joriy yil boshida Vashington o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 fevralda Rossiya ham shartnomadagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov agarda Vashington shartnomaga qaytsa, Rossiya ham shunday qilishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!