NATO Bosh kotibi: Rossiyaning bosib olish rejasi barbod bo‘ldi, Ukraina g‘alaba qozona oladi

NATO Bosh kotibi: Rossiyaning bosib olish rejasi barbod bo‘ldi, Ukraina g‘alaba qozona oladi

Rossiyaning Ukrainaga hujumi Kreml rejalashtirganidek rivojlanmayapti, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“Ular Kiyevni egallab ololmadilar. Rossiya kuchlari Xarkovdan uzoqlashmoqda va ularning Donbassdagi keng ko‘lamli hujumi to‘xtab qoldi”, — dedi Stoltenberg jurnalistlarga.

“Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishga qodir. Ukrainaliklar o‘z yerlarini mardonavor himoya qilmoqda”, dedi u. Shuningdek, Stoltenberg NATO davlatlarini Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga va hatto kuchaytirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!